15:55 / 07.11.2018
3 988

Internet foydalanuvchilarining shaxsi telefon raqami orqali aniqlanadi

Internet foydalanuvchilarining shaxsi telefon raqami orqali aniqlanadi
Rossiya hukumati telefon nomeri orqali Internet va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining shaxsini aniqlash tartibini belgiladi, deb xabar qilmoqda Sputnik. Yangi qoida 180 kundan so‘ng kuchga kiradi.

Dmitriy Medvedev imzolagan qarorda aytilishiga ko‘ra, "Internet", ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar foydalanuvchilarining shaxslari mobil radiostansiya abonent nomeri haqidagi ma’lumotga asosan aniqlanadi.

Ushbu choralar “fuqarolar uchun xavfsiz bo‘lgan kommunikatsiya muhit yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda”, - deyilgan qaror matnida.

Oldin Vazirlar Mahkamasi tomonidan messenjerlar yaratuvchilari har bir abonentning shaxsini mobil aloqa operatori orqali aniqlashlari kerakligi haqida qoidalar ishlab chiqarayotganini xabar bergan edik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Internet foydalanuvchilarining shaxsi telefon raqami orqali aniqlanadi