13:10 / 08.11.2018
4 094

Cho‘lda aqlli blokcheyn-shahar quriladi (foto)

Cho‘lda aqlli blokcheyn-shahar quriladi (foto)
Foto: «Dezeen»
Kriptovalyutalar millioneri Jeffri Byorns Nevada cho‘lida (AQSh) aqlli blokcheyn-shahar — «Innovation Park» qurishni rejalashtiryapti.

«Xabar» nashri yozishicha, Byorns 271 kvadrat kilometr yer maydoni uchun 170 million dollar to‘lagan. Hududda Byorns boshqarayotgan «Blockchains» kompaniyasining shtab-kvartirasi qurib bo‘lingan. Undan sal narida — «Google», «Apple» va «Tesla» kampuslari.

Foto: «Dezeen»
Aqlli shaharda kompaniyalar ofislari va turarjoylar quriladi. Umumiy infratuzilma va energiya taqsimoti blokcheyn orqali boshqariladi.

Kelgusida ushbu shaharda sun’iy tafakkur, nanotexnologiyalar va 3D-chop etish ham joriy etiladi.

Hozircha shaharni qurishga Byorns o‘z pullarini ishlatyapti (birinchi bosqichda 300 mln. dollar), boshqa investorlar haqida ma’lumot yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Cho‘lda aqlli blokcheyn-shahar quriladi (foto)