AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uydagi matbuot anjumanida o‘zidan avvalgi prezident — Barak Obama Rossiyaning Qrimni o‘ziga qo‘shib olishiga qo‘yib berganini aytdi deb yozmoqda Daryo.uz «RBK» xabariga tayanib.
Bu haqda u jurnalistning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Xelsinkidagi suhbat haqida bergan savoliga javoban aytib o‘tdi.
«Biz xavfsizlik, Suriya, Ukraina haqida ko‘p gapirdik. Prezident Obama Ukrainaning katta qismini qo‘shib olishga qo‘yib bergani haqida (gaplashdik)», — dedi u. Jurnalist aynan Putin «Qrimni bosib olgani»ni ta’kidladi. «Bu Obamaning rejimi edi. Bu Obama davrida bo‘lgan, shundaymi? Mening (prezidentlik) davrimda emas. Obama buning yuz berishiga qo‘yib bergan. Buning menga hech qanday aloqasi yo‘q», — dedi Tramp.
Amerika yetakchisi avvalroq ham Obamani Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishida ayblagan edi. Tramp 2014 yilda u prezident bo‘lganida bu sodir bo‘lmagan bo‘lishini aytgandi. Prezident hodisa «Obamaning falokati» bo‘lganini qo‘shib qo‘ydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi