16:59 / 08.11.2018
3 259

Noyob genetik izchilliklar Afrikadagi qadimgi odamlarning tarixini yoritadi

Noyob genetik izchilliklar Afrikadagi qadimgi odamlarning tarixini yoritadi
Afrika qit’asidagi kam o‘rganilgan etnik guruhlar olimlarga 10 000 yil avval yashagan odamlarning xatti-harakatini o‘rganishga yordam bermoqda.

Botsvanadagi San jamoasi kabi etnik guruhlar ustida tadqiqotchilar ish olib boryapti. Yangi tadqiqot o‘nlab etnik guruhlarning 180 dan oshiq genlarini tahlil qilmoqda. Bundan maqsad qit’adagi insoniyatning avval o‘rganilmagan ilk davrlariga yaqindan ko‘z tashlashdir.

Tadqiqotning dastlabki natijalariga ko‘ra, bundan 40 000 yil muqaddam ikkita guruh – San va Baka pigmey – hozirda mavjud bo‘lgan boshqa etnik guruhlardan ikki barobar katta bo‘lganligi aniqlandi. Bu ikki jamoa markaziy-sharqiy yoki janubiy Afrikada keng tarqalgan. Tadqiqotchilar guruhi hali chop etilmagan izlanish natijalarini o‘tgan hafta Kaliforniya shtatining San-Diyego shahrida o‘tkazilgan (American Society of Human Genetics) yig‘ilishda e’lon qildi.

Bu izlanish insonlarning ajdodlararo xilma-xilligini aks ettiruvchi guruhlardan olingan to‘liq genetik izchillikdir. Biz qo‘lga kiritgan ma’lumotlar o‘tgan yili chop etilgan Afrikadagi qadimgi inson qoldiqlarining genetik tahlillari bilan birgalikda insoniyat tarixining yaxshi o‘rganilmagan tomonlarini yoritadi, deydi tadqiqotga boshchilik qilgan Filadelfiyadagi Pensilvaniya universitetining inson genetikasi bo‘yicha mutaxassisi Sara Tishkoff.

Garchi Homo Sapiens Afrikada taxminan 315 000 yil oldin paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, genetiklar e’tiborni faqat o‘n ming yillar avval shimolga, Yevropaga ko‘chib kelgan afrikalik kichik guruhga qaratishdi. Hozirda bir nechta Afrika genetik loyihalari o‘rganilmasdan qolib ketgan davrlarni tahlil qilmoqda.

2009 yilda Tishkoff va uning hamkasblari bugungi Afrikadagi 2000 dan ortiq etnik guruhlardan tanlab olingan 100 ta jamoaga mansub bo‘lgan kishilar genining kichik qismlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazgan edi. Izlanishlar natijasi San va Baka guruhlari ovchi-terimchilarning bir avlodidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. Ammo Tishkoff bu fikrni haqiqatga qanchalik yaqin ekanini aniqlash uchun boshqa etnik guruhlarning ham genetik tahliliga muhtoj edi.

Tishkoffning jamoasi yillar davomida Sharqiy, Janubiy va G‘arbiy Afrikadagi hukumatlar va axloqiy nazorat kengashlari loyihani tasdiqlashi uchun harakat qildi. Tishkoff va uning hamkasblari mahalliy tadqiqotchilar bilan etnik jamoalarni loyihaga jalb qilishga urindi. Ular bilan qilingan hamkorlik Afrikalik olimlar va etnik guruhlar o‘zining dastlabki ajdodlari haqida muhim ma’lumotlarni bilib olishga yordam berishini tushuntirdi. Chunki yuqoridagi qabilalarning aksariyati uzoq hududlarda yashaydi: masalan, Efiopiyaning janubi-g‘arbiy qismidagi Sabu aholisi haqida genetiklar juda kam narsa bilishadi.

Afrikadagi genetik izlanishlar turli tortishuvlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois, qit’adagi Insoniyat nasl-nasab va salomatligi (HZAfrica) jamiyati Afrikadagi olimlarni loyihalarda faol qatnashishga chaqirdi. Va o‘tgan yili Janubiy Afrikadagi mahalliy qabila Tishkoff jamoasi bilan hamkorlikka kirishdi.

Tadqiqotchilar guruhi loyihada ishtirok etadigan etnik guruhlar bilan bir safda bo‘lishga qaror qilishdi. Kamerun shahridagi Yaunde universiteti nevropatologi Alfred Nyamnshining aytishicha, an’anaviy ko‘chmanchi Fulani jamoasi o‘zlarining ko‘chib yurish tarixi haqida o‘rganishga qiziqib qolgan. So‘nggi tashrifi mobaynida Alfred qabiladagi bir qariya bilan suhbatlashdi. Oqsoqol Senegaldan Kamerungacha 3000 kilometr yo‘l yurgani hamda ota-onasining safarlari haqida unga hikoyalar aytib bergan.

Olimlar guruhi tomonidan oldin tahlil qilinmagan ko‘plab genetik xilma-xillik aniqlandi. Ma’lumotlar statistikasiga qaraganda, Tanzaniyadagi Xadza va Sandave qabilasi 30 000 yil avval yashagan bir xil ajdoddan tarqagan.

Shu bilan bir qatorda, Xadza, Janubiy Afrikadagi San hamda markazdagi Baka qabilalari o‘rtasida chatishish jarayoni yuz bergan. Ular ajdodlarining barchasi ovchi-terimchi bo‘lgan. “O‘ylashimcha, Afrikadagi eng yirik ovchi-terimchi etnik guruhlarining barchasi bir ajdoddan tarqalgan”, izoh beradi Tishkoff.

Boshqa tadqiqotchilar Xadza, San va Baka geografik jihatdan bir-biriga mutanosib bo‘lganligi haqidagi tushunchani qabul qilishdan avval ma’lumotlarning statistik tahlillarini ko‘rishni istamoqda. Avvalgi tadqiqotlar bu qabilalardagi odamlar bir-biri bilan aralashib ketganini ko‘rsatgandi. Lekin bunga aql bovar qilmaydi. Afrikada hech narsa yo‘q, chunki bu biz uchun 5000 yil muqaddam qit’ada nima qilganini bilmaymiz, deydi Buyuk Britaniyadagi Wellcome Sanger institutining genetik epidemiologi Depti Gurdasani.

Afrikadagi genetik loyihalari bo‘yicha ishlaydigan jamoalar o‘z natijalarini e’lon qilishlari bilan bu ma’lumot bo‘shlig‘i kelgusi yillarda yo‘qolishi mumkin. Gurdasani o‘tgan haftada AShG yig‘ilishida Ugandadan kelgan 2000 shaxsning genomi tahlili natijalarini taqdim etdi. “HZAfrica” afrikalik jismoniy shaxslardan 400 dan ortiq genni qayd etdi, deb izoh beradi Meridianning Betesda shahridagi inson genetikasi milliy ilmiy-tadqiqot institutidagi genetik-epidemiolog Charlz Rotimi.

Barcha genetik olimlar ma’lumotlarni o‘zlashtirishi uchun kelgusi tahlillar o‘tkazilgach, Tishkoff natijalarni nashr etishni va anonimli genlarni jamoatchilik bilan bo‘lishishni rejalashtirmoqda.

“Biz ilk odamlar Afrikadan kelib chiqqanini bilamiz. Lekin biz o‘zimiz ketishimizdan oldin nima qilganimizni bilmaymiz — biz o‘z tariximizni bilmaymiz”, — deydi Shaoxua Fan, Xitoyning Fudan universitetida molekulyar biolog olimi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Noyob genetik izchilliklar Afrikadagi qadimgi odamlarning tarixini yoritadi