21:35 / 09.11.2018
3 193

Moskvadagi muzokaralarda Afg‘oniston va toliblar yana bir uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldi

Moskvadagi muzokaralarda Afg‘oniston va toliblar yana bir uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldi
Dastlabki shartlar bajarilmaguniga qadar Afg‘oniston hukumati va Tolibon harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishning imkoni yo‘q, deb ma’lum qildi Afg‘oniston oliy tinchlik kengashi rahbarining o‘rinbosari Hojidin Muhammad.

U Afg‘oniston hukumati va Tolibon o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish ehtimoli to‘g‘risidagi savolga "Yo‘q, Tolibon ayrim shartlarni ilgari surdi", deb javob qaytardi.

Eron TIVning G‘arbiy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha bosh direktori Rasul Eslami yaqin kelajakda yana bir uchrashuv o‘tkazilishini ma’lum qildi.

"Barcha ishtirokchilar qanoat hosil qilishgani bois yaqin kelajakda navbatdagi uchrashuvni o‘tkazishga kelishib olindi", — dedi Eslami.

Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuv 9 noyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tdi. Unda ilk bor toliblarning Dohadagi siyosiy qarorgohidan delegatsiya ishtirok etdi.

Foto: RIA Novosti

Afg‘onistondan esa oliy tinchlik kengashi delegatsiyasi qatnashdi, mamlakat TIVning bildirishicha, mazkur kengash Afg‘oniston hukumatini ifodalamaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvadagi muzokaralarda Afg‘oniston va toliblar yana bir uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldi