12:11 / 10.11.2018
3 472

Avstriyalik polkovnikning qanday qilib josusga aylangani haqidagi tafsilotlar

Avstriyalik polkovnikning qanday qilib josusga aylangani haqidagi tafsilotlar
Rossiya foydasiga josuslikda gumon qilinayotgan avstriyalik iste’fodagi polkovnik josuslikka Eronda yollangan. Bu haqda Kronen Zeitung gazetasiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Gazetaning yozishicha, uning Moskva bilan ilk muloqoti 1988 yilda yuz bergan va u o‘shanda Rossiya uchun ishlashga yollangan. U 20 yil davomida Rossiyaga ma’lumotlar yetkazib turgan va 300 ming yevro haq olgan. Qayd etilishicha, Rossiyani asosan Eurofighter Typhoon qiruvchi samolyotlari haqidagi ma’lumotlar qiziqtirgan.

Xabarda aytilishicha, josusni fosh qilishda Avstriyaga «do‘st» xorij maxsus xizmati yordam bergan. Der Standard gazetasi Venaga bu haqda Germaniya razvedka xizmati ma’lum qilganini yozmoqda.

Avstriyada Rossiya uchun josuslik qilishda gumonlanib ushbu mamlakat qurolli kuchlari polkovnigi qo‘lga olingani haqida 9 noyabr kuni ma’lum bo‘ldi. Avstriya kansleri Sebastyan Kurs Moskvani bu borada javob berishga chaqirdi, mamlakat tashqi ishlar vaziri Karin Knaysl esa Rossiyaga bo‘lajak tashrifini bekor qildi.

Rossiya TIV Vena «mikrofonli, megafonli» diplomatiya o‘rniga shubha-gumonlarini to‘g‘ri Moskvaga ma’lum qilishi kerakligini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstriyalik polkovnikning qanday qilib josusga aylangani haqidagi tafsilotlar