14:47 / 10.11.2018
3 902

Ko‘r-ko‘rona parvoz. Boeing 737 yo‘lovchilariga nima xavf solmoqda?

Ko‘r-ko‘rona parvoz. Boeing 737 yo‘lovchilariga nima xavf solmoqda?
7 noyabr kuni AQSh fuqaro aviatsiyasi federal agentligi B737 MAX samolyotlaridagi muhim uzatgichlar ishlamay qolishi mumkinligi haqida ogohlantiruvchi yo‘riqnoma chiqardi.

Unda muammoni qanday aniqlash va qanday choralar ko‘rish lozimligi aytilgan. Agarda mazkur qurilma ishdan chiqsa, samolyot “ko‘r bo‘lib qolishi” va osmonda yo‘nalishni yo‘qotishi mumkin. Dunyo bo‘yicha yuz ellikdan ortiq ana shunday xavfli samolyot parvoz qiladi, ammo FAA ularning aniq soni haqida ma’lumot bermayapti.

Kichkina uzatgichning katta muammosi

Samolyot tumshug‘ining chap tomonida, uchuvchi kabinasi ostida uzatgichlar joylashgan bo‘ladi. Ulardan biri bayroqcha va flyugerga o‘xshab ketadi. U hujum burchagi sensoridir (Angle Of Attack). Muammo ana shu uzatgichda aniqlangan. Qurilma samolyot qanotining qarshi havo oqimiga nisbatan burchak holatini aniqlaydi. Oddiyroq qilib aytganda, samolyot tumshug‘ining qanday holatda turganligini.

Agarda uzatgichda nosozlik bo‘lsa, samolyot aslida bir tekisda uchayotgan bo‘lsa ham uning tumshug‘i ko‘tarilib yoki tushib ketmoqda deb o‘ylaydi. Samolyotni tekis holatga keltirish uchun avtopilot ishga tushadi. Natijada samolyot aslida tekis holatda turgani sababli layner keskin tarzda pastga sho‘ng‘iydi yoki aksincha tik holda ko‘tariladi. Har ikki holat ham xavfli hisoblanadi. Pastga sho‘ng‘isa yerga urilishi, tepaga ko‘tarilsa dvigatellar quvvati yo‘qolib, pastga qulashi mumkin.

Foto: Flickr

Indoneziyadagi halokat

Hujum burchagi sensori xavfi haqida 29 oktyabrda Lion Air samolyoti halokatga uchraganidan so‘ng gapirila boshlandi. Indoneziya kompaniyasining Boeing 737 MAX 8 samolyoti havoga ko‘tarilganidan 13 daqiqa o‘tib dengizga quladi. Samolyotdan foydalanila boshlaganiga endigina uch oy bo‘lgandi. Uning bortidagi 189 kishining barchasi halok bo‘ldi.

Hozirda katta ehtimol bilan halokatga o‘sha uzatgich sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Foto: AP Photo

Sho‘ng‘ish xavfi ostida bo‘lgan “Boing”lar soni nechta?

Butun dunyo bo‘yicha ushbu muammoga 246 ta samolyot duch kelishi mumkinligi haqidagi birinchi ma’lumotni Reuters e’lon qildi.

Havo kemalari sertifikatsiya xizmatining nazorat boshqaruvi direktori yo‘riqnoma 737–8 va 737–9 rusumli Boeing samolyotlariga tegishli ekanligini aytgan.

Har ikki rusumdagi samolyotlarning umumiy nomi Boeing 737-MAX bo‘lib, ular ikki yil ilgari ishlab chiqarilgan. Ularning soni 246 ta bo‘lishi mumkin emas, chunki Boeing ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilning iyuniga qadar jami 162ta samolyot ishlab chiqarilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ko‘r-ko‘rona parvoz. Boeing 737 yo‘lovchilariga nima xavf solmoqda?