08:27 / 11.11.2018
4 378

Fransiya prezidenti Makronga suiqasd uyushtirishdi

Fransiya prezidenti Makronga suiqasd uyushtirishdi
Suiqasd Birinchi jahon urushi yakun topganiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan tantanalar paytida amalga oshirish rejalashtirilgandi. Ammo suiqasd tashkilotchilari bad niyatiga yeta olishmadi.

To‘rt kishi suiqasd uyushtirishga hozirlik ko‘rganlikda ayblanib qo‘lga olindi va ularning barchasi aybini bo‘yniga oldi. Suiqasd boshida esa sobiq tadbirkor 62 yoshli Jan-Per B. turgan ekan. Rejaga ko‘ra ijrochilar 7 noyabr kuni Sharlevil-Mezer shahrida tashkil etilgan tantanalar paytida Makronga qo‘llarida pichoq bilan hujum qilishlari lozim edi.

Tintuv paytida Jan-Per B. ning mashinasi salonidan keramikadan ishlangan pichoq topildi. Xuddi o‘sha pichoq Fransiya rahbarini o‘ldirish uchun mo‘ljallangandi.

Eslatib o‘tamiz, 6 noyabr kuni, ya’ni tantanali bayram yig‘ilishi boshlanishiga bir kun qolganda, Fransiya maxsus xizmat tashkiloti xodimlari olti nafar gumondorni qo‘lga oldi. Keyinroq ularning ikki nafari qo‘yib yuborildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiya prezidenti Makronga suiqasd uyushtirishdi