19:50 / 11.11.2018
4 111

Bugun Xitoyda «Bo‘ydoqlar kuni»

Bugun Xitoyda «Bo‘ydoqlar kuni»
Bugun, 11 noyabr — Xitoyda «Bo‘ydoqlar kuni». «Sinxua» agentligi xabar berishicha, Xitoydagi onlayn-savdo platformalarining savdo aylanmasi «Bo‘ydoqlar kuni» 30 milliard dollardan oshib ketishi kutilyapti. Yanayam aniqroq summa — 32 milliard dollar.

«Bo‘ydoqlar kuni» nikohda bo‘lmagan insonlarga bag‘ishlangan bayram, Xitoyda har yili 11 noyabr kuni nishonlanadi. Oxirgi yillarda yirik kompaniyalar yirik ulgurji savdolarini aynan shu kunga belgilashga odatlanishmoqda.

«AliExpress» hamda «Tmall» onlayn-maydonlarini boshqaruvchi «Alibaba» kompaniyasi 2013 yildan bu amaliyotni internet-savdolarga ham joriy etdi. «Tmall» onlayn-maydoni «Bo‘ydoqlar kuni» rekordini o‘rnatgan: 24 soat ichida 168,2 milliard yuanlik mahsulot sotgan.

O‘tgan yildan «Alibaba Group» ulgurji savdolarni g‘arb bozoriga ham tatbiq etdi, natijada «AliExpress» Buyuk Britaniya va AQSh da ommalashib ketdi. Bugungi sanada oldingi rekordlar yangilanishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bugun Xitoyda «Bo‘ydoqlar kuni»