13:52 / 12.11.2018
3 475

Sankt-Peterburgda MDH mamlakat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Sankt-Peterburgda MDH mamlakat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
6 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) sammiti, MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) tashkiloti sammiti bo‘lishi ham rejalashtirilgan. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar bergan.

Bundan biroz avval Rossiya Davlat dumasi spikeri O‘zbekistonga KXShT Parlament assambleyasida kuzatuvchi maqomini taklif etgani ma’lum qilingandi.

Ostonada 8 noyabrda bo‘lib o‘tgan KXShT sammitida tashkilotning yangi bosh kotibini tasdiqlash masalasi ochiq qolgan. KXShT a’zolari uni 6 dekabrda Sankt-Peterburgdagi sammitda qayta ko‘rib chiqishga kelishib olishgan edi.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT – ODKB) harbiy-siyosiy blokdir. KXShT a’zolari — Rossiya, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston. O‘zbekiston bu tashkilotdan 2012 yilda chiqib ketgan. Tashkilotning asosiy maqsadi tinchlikni, xalqaro va hududiy xavfsizlikni mustahkamlash, kollektivlik asosida a’zo mamlakatlarning mustaqilligi, hududiy butunligi va suverenitetini himoya qilish. Ushbu maqsadlarga erishishda siyosiy choralar ustuvorlikka ega.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sankt-Peterburgda MDH mamlakat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi