06:10 / 14.11.2018
3 221

Astraxanda o‘zbek haydovchining rulda uxlab qolishi tufayli 4 kishi jiddiy jabr ko‘rdi

Astraxanda o‘zbek haydovchining rulda uxlab qolishi tufayli 4 kishi jiddiy jabr ko‘rdi
Avtohalokat Rossiyaning Astraxan viloyatiga qarashli Tambov-Volgograd-Astraxan serqatnov yo‘lining 1352- kilometrida sodir bo‘ldi.

«Lada Largus» avtomobili rulini boshqarib borayotgan 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi uxlab qolishi natijasida mashina yo‘l chetiga chiqib ag‘darildi. Buning oqibatida haydovchi yengil jarohat bilan cheklandi. Ammo salondagi 3 nafar yo‘lovchi jiddiy jabr ko‘rdi.

Masalan, 42 yoshli ayol miya chayqalishiga uchradi, ko‘krak qafasi, umurtqa pog‘onasida ham jarohat izlari borligi aniqlandi. 43 yoshli ikkinchi yo‘lovchi erkakning burun suyagi sinib ketdi. 58 yoshli ayol yopiq turdagi bosh miya jarohati bilan kasalxonaga yotqizildi.

Ushbu avtohalokat yuzasidan ma’muriy chora ko‘rish harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Astraxanda o‘zbek haydovchining rulda uxlab qolishi tufayli 4 kishi jiddiy jabr ko‘rdi