07:54 / 14.11.2018
3 134

Kilogramm etalonidan voz kechilishi mumkin

Kilogramm etalonidan voz kechilishi mumkin
Olimlar Parijdagi Xalqaro o‘lchovlar va og‘irliklar byurosida 100 yildan ko‘proq vaqtdan beri saqlab kelinayotgan kilogramm etalonidan voz kechishni rejalashtirishmoqda. Bu haqda xorij nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

16 noyabrda Versalda O‘lchovlar va og‘irliklar bo‘yicha 26-bosh anjuman bo‘lib o‘tadi va unda og‘irlikni o‘lchashning yangi usulini belgilab olish masalasi ovoz berishga qo‘yiladi.

Hozirda kilogrammni belgilash uchun qo‘llanuvchi platina-iridiy silindri 1889 yilda O‘lchovlar va og‘irliklar bo‘yicha bosh anjuman tomonidan chiqarilgan. U bilan birga uning 40 ta nusxasi yasalib, turli davlatlarning o‘lchovlar va og‘irliklar milliy byurolariga tarqatilgan. Bu nusxalar vaqti-vaqti bilan asl etalon bilan tekshirib turiladi.

Etalon 3 ta germetik oynavand qalpoq ostida saqlanishiga qaramay, u baribir changlanadi va ifloslanadi. Ba’zida u tozalab turiladi, biroq bu jarayonning o‘zi uning og‘irligi o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.

1989 yilda o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, Parijda saqlanuvchi etalon va uning nusxalari o‘rtasidagi maksimal farq 50 mikrogrammni tashkil qilgan. Bu esa zamonaviy fan va tibbiyotdagi o‘ta yuqori o‘lchashlar talablariga javob bermaydi.

Olimlar ushbu etalon o‘rniga “Kibbl balansi” deb ataluvchi qurilmani qo‘llashni taklif qilishmoqda. Bu qurilma “elektron” kilogrammni hosil qilishga imkon beradi. Bunda kilogrammning og‘irligi tok va kuchlanish ko‘paytmasiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi.

Bugungi kunda kilogramm SI tizimidagi jismoniy etalonga, ya’ni odam tomonidan yaratilgan buyum bilan o‘lchanuvchi yagona o‘lchov birligi bo‘lib qolmoqda. 1960-yillarda olimlar metrning jismoniy etalonidan voz kechishgandi. Hozirda metr Plank doimiysi bilan aniqlanadi. Unga ko‘ra, metr yorug‘lik nuri vakuumda 1/299 792 458 soniyada o‘tuvchi masofaga tengdir.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kilogramm etalonining “elektroni”ga o‘zgartirilishi kundalik turmushga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kilogramm etalonidan voz kechilishi mumkin