22:13 / 14.11.2018
4 667

Amerikalik qizlar ko‘proq iPhone XS xohlaydi, yigitlar esa Samsung Galaxy S10

Amerikalik qizlar ko‘proq iPhone XS xohlaydi, yigitlar esa Samsung Galaxy S10
Qishki bayramlar arafasida Swagbucks resursi amerikalik smartfon xaridorlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazib, odamlar aynan qaysi kompaniya gadjetlarini ko‘proq xohlashini aniqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, iPhone ko‘proq o‘smirlar orasida mashhur – so‘rovnomada qatnashganlarning 51 foizi aynan shunday smartfon xohlaydi. Kattalarning 32 foizi esa Samsung smartfonlarini ma’qul deb topgan.

Ayollar va erkaklar o‘rtasida alohida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, ayollarga ko‘proq iPhone XS yoqishi aniqlangan – so‘rovnomada qatnashganlarning 20 foizi aynan shu smartfonni, yana 10 foizi esa sal kattaroq, 6,5 dyuymli XS Max’ni tanlagan.

Erkaklar esa Samsung Galaxy S10 smartfonining premerasini kutmoqda — yigitlarning 26 foizini Samsung’ning bo‘lajak flagmani qanday bo‘lishi qiziqtiryapti, 10 foizi esa Galaxy S9ni sovg‘a sifatida olishga tayyor.

Avvalroq "Prodege" nashri ham shunga o‘xshash so‘rovnoma o‘tkazgan va unda ishtirok etgan ayollarning 71 foizi va erkaklarning faqat 29 foizi iPhone XS Max’ni sovg‘a sifatida olishga qarshi emasligini bildirgan edi. Ayni vaqtda 63 foiz erkak va 38 foiz xotin-qiz Samsung Galaxy S10 xohlashini aytgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik qizlar ko‘proq iPhone XS xohlaydi, yigitlar esa Samsung Galaxy S10