Fransiya hukumatining rasmiy vakili Benjamen Grivo Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni umumevropa armiyasi tashkil etish g‘oyasi uchun tanqid qilgan AQSh prezidenti Donald Tramp “odob-axloq qoidalarini yodda tutsa, yaxshi bo‘lardi” deb aytdi.
“Kecha, 13 noyabrda 3 yil avval Parij va Sen-Denida o‘ldirilgan 130 nafar vatandoshlarimizni yodga oldik. Shu sababli ingliz tilida javob beraman: “common decency”ga (oddiy odob-axloq qoidalari) amal qilinsa yaxshi bo‘lardi”, deb aytgan Grivo.
Avvalroq Tramp tvitterda Makronni Yevropa Xitoy, Rossiya va AQShdan himoyalanish uchun o‘z armiyasini tashkil etishi kerakligi haqidagi so‘zlari uchun tanqid qilgandi. “Birinchi va Ikkinchi jahon urushi vaqtlarida Germaniya xavf-xatar bo‘lgan – bu Fransiya uchun nima bilan tugagan? Parijda AQSh paydo bo‘lishidan oldin nemis tilini o‘rganishga tushib ketishgandi”, deb ta’kidlab o‘tgan Tramp.
Trampning fikricha, Makron Yevropa armiyasi haqida gapira turib, boshqa muammolar – o‘zining past reytingi va Fransiyada ishsizlik yuqori darajada ekanligidan e’tiborni chalg‘itmoqchi bo‘lgan.
Makron Yevropa o‘z armiyasini tashkil qilishi haqida 6 noyabrda aytib o‘tgan. U AQShdan himoyalanishni bu davlatning o‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalar kelishuvidan chiqishi bilan asoslagan. “AQShning kelishuvdan chiqishi asosiy qurboni kim hisoblanadi? Yevropa va uning xavfsizligi”, deb ta’kidlab o‘tgan Makron. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi