13:45 / 15.11.2018
2 742

Ramzon Qodirovning Instagram’dagi akkaunti 11 oylik taqiqlovdan keyin qaytarildi

Ramzon Qodirovning Instagram’dagi akkaunti 11 oylik taqiqlovdan keyin qaytarildi
14 noyabrda Instagram ijtimoiy tarmog‘i ma’muriyati Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning akkauntini (@kadyrov_95) blokdan chiqardi. Qodirovning aytishicha, uning akkauntiga kirish 11 oylik taqiqlovdan keyin qaytarildi. Qodirov unga akkauntiga taqiqlov sababi tushuntirilgani yoki yo‘qligiga oydinlik kiritmagan.

Checheniston rahbarining ta’kidlashicha, har qanday ijtimoiy tarmoq ma’muriyati “aloqalar va erkin muloqotning rivojlanishiga ko‘mak berishi kerak” va “yuz bergan xato” boshqa qaytarilmasligiga umid bildirgan. “Bu vaqt davomida mening millionlab obunachilarim birinchi qo‘llardan ma’lumot olish imkoniyatidan mahrum etildilar”, deb ta’kidlab o‘tgan Qodirov.

Qodirov akkaunti tiklangandan keyingi birinchi postini to‘pponchasi va uni qanchalik “yaxshi ko‘rishiga” bag‘ishladi.

2017 yil 23 dekabrda Qodirovning ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti yo‘qolib qolgan. U buni “ijtimoiy tarmoqning Oq uydagi homiylari harakatlari” bilan bog‘lagan. Bu yuz berishidan sal avvalroq Qodirov AQSh moliya vazirligining “Magnitskiy ro‘yxatiga” tushgan edi.

Chechenistonning milliy siyosat va tashqi aloqalar vaziri Jonpo‘lat Umarov Qodirov akkauntining yo‘qolishini “AQSh davlat departamenti kiberhujumi” bilan tushuntirgan.

Qodirov shundan keyin yangi profil ochgan va obunachilarini Chechenistonda ishlab chiqilgan Mylistory ijtimoiy tarmog‘ida qayd qilinishga chorlagan. Ta’kidlanishicha, bu ijtimoiy tarmoqda deyarli barcha jihatdan Instagramdan nusxa ko‘chirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzon Qodirovning Instagram’dagi akkaunti 11 oylik taqiqlovdan keyin qaytarildi