17:16 / 15.11.2018
4 524

Filippindagi butun bir qishloq aholisi Islomni qabul qildi

Filippindagi butun bir qishloq aholisi Islomni qabul qildi
Bu hodisa shu yilning 11 noyabr kuni ro‘y bergan. Britaniya Islom va tadqiqotlar akademiyasi (IERA) xodimlari ushbu voqeaning guvohi bo‘lishdi.

IERA jamoasi «Dawah Out reach work» loyihasi doirasida yaqindagina Islomni qabul qilgan filippinlik Abu Bakr tomonidan mamlakatning markaziy qismidagi Sebu provinsiyasi Bantayan orolidagi mahalliy masjidga taklif qilingan edi.

«IERA jamoasi Abu Bakrning yordamida kambag‘allarga tarqatish uchun oziq-ovqatlar tayyorlab qo‘yishgan edi», - deb yozadi “The Prophetic Mission” Facebookdagi sahifasida .

Jamoa qishloqqa kelib, mahalliy aholi uchun Islom dini haqida ma’ruzani tashkil etishdi.

«Nasroniy diniga mansub 250 nafarga yaqin inson ham Abu Bakr, ham Eso Xonning kuchli ma’ruzalariga mahliyo bo‘lib qolishdi. Ular Islom va nasroniy dinining o‘xshash tomonlari va bitta Allohga sig‘ingan Iso alayhissalom payg‘ambarning haqiqiy nomasi haqida gapirib berishdi», - deb qayd etadi ma’lumotda.

Ummamag.kg nashrining xabariga ko‘ra, IERA jamoasini hayratga solgan narsa shu bo‘ldiki, 215 nafardan iborat butun qishloq ahli birvarakayiga Islomni qabul qilib, kalimai shahodatni qaytardi.

Filippin umumiy aholisi sonining deyarli 8 foizini musulmonlar tashkil etadi.

Filippinning minerallarga boy Mindanao janubiy mintaqasi Islom dini kirib kelgan birinchi joy hisoblanadi, bu yerda 5 mln. musulmon yashaydi. Filippinga Islom dini XIII asrda kirib kelgan.

Manba: Islom.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Filippindagi butun bir qishloq aholisi Islomni qabul qildi