Checheniston rahbari Ramzon Qodirov 5 yoshli Rahim Kuriyevga ikkita qo‘lda gavdani tushirib-ko‘tarish bo‘yicha mashqni to‘rt mingdan ortiq marta bajargani uchun oq Mercedes sovg‘a qildi.
Checheniston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport ishlari bo‘yicha vazirligi rahbari Musa Xanarikovning so‘zlariga ko‘ra, bola kuch mashqini 2 soat-u 26 daqiqa ichida tanaffuslarsiz 4105 marta bajardi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya rekordlar kitobi vakillarida rekordni rasmiy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazishga imkon bermagan «kichik savollar paydo bo‘ldi».
Foto:vk.com/ramzan
«Bu mashinani senga Ahmad Hoji Qodirov nomidagi xayriya jamg‘armasi prezidenti Aymani Qodirova yubordi. Otang seni unda olib yursin, sen oq «Mersedes»da yurishga loyiqsan», - dedi Qodirov Kuriyevga.
O‘z navbatida, bolaning o‘zi Qodirovga kuch mashqini besh mingdan ortiq marta bajara olishi mumkinligini aytdi hamda o‘z imkoniyatlarini mashina kapotida namoyish etib berdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi