22:16 / 15.11.2018
2 672

Kongress komissiyasi: "AQSh urushda Rossiya yoki Xitoyga yengilishi mumkin"

Kongress komissiyasi: "AQSh urushda Rossiya yoki Xitoyga yengilishi mumkin"
14 noyabrda AQSh Kongressi tomonidan tuzilgan komissiya AQSh urush yuz bergan taqdirda Rossiya yoki Xitoydan yengilishi mumkinligini aytdi, deb xabar berdi Turon24 AA.

Komissiya xavotiriga Tramp ma’muriyatining yangi Milliy Mudofaa strategiyasi (MMS) byudjet mablag‘ining noto‘g‘ri taqsimoti asosiy sabab ekanligini bildirgan.

Ushbu ogohlantirish Tramp ma’muriyatining 2019 yilda mudofaa xarajatlarini kamaytirishini e’lon qilishi ortidan yangradi.

Komissiya hisobotida prezident ma’muriyatining Rossiya va Xitoyga katta e’tibor berayotgani olqishlangan. Shu bilan birga, unda Oq Uyning Yaqin Sharq va boshqa mintaqalardagi aksilterror missiyasi qoralanadi, mazkur strategiyaga erishish yo‘li noaniqligi tanqid qilinadi.

“MMS noaniq tasavvurlarga va yuzaki tahlilga asoslangan. Unda savollarga javob berilishi lozim bo‘lgan muammolar ko‘p. Masalan, AQSh bugungi dunyodagi mavjud tahdidlarga qanday qilib javob qaytarishi ochiq qolgan,” – deyiladi hisobotda. Mablag‘ va tashkiliy o‘zgarishlar yetishmovchiligi yangi strategiyani ishlab chiqishni taqozo etadi.

“Komissiya MMS byudjeti noto‘g‘ri shakllantirilganini aniqladi, – deyiladi hisobotda. – Mavjud manbalar strategiyaning oliy maqsadlarini amalga oshirishga yetarli emas. Masalan, Mudofaa vazirligining yirik dushmanni yengishi o‘z-o‘zidan boshqa raqobatchilarni cho‘chitishi haqidagi xom xayoli shular jumlasidanir.

Tramp ma’muriyati byudjet taqchilligini kamaytirishga urinishlarining bir qismi sifatida mudofaa xarajatlarini qisqartirishini e’lon qilgandi.

AQSh 2019 yilda mudofaaga 716 mlrd AQSh dollari ajratadi. Mudofaa vazirligi rasmiy vakilining aytishicha prezident ma’muriyati kelasi yillarda mablag‘ni 700 mlrd AQSh dollariga qisqartirmoqchi.

Hisobotga ko‘ra, aytib o‘tilgan kamchiliklar saqlanib qolinishi hamda Xitoy va Rossiyaning o‘z harbiy qudratini oshirib borishi sharoitida AQSh katta yo‘qotishlarga yuz tutishi yoki Rossiya va Xitoy bilan bo‘lgan urushda yengilishi mumkin.

“Agar AQSh ikki yoki undan ko‘p frontda urush olib borsa, u mutlaq mag‘lub bo‘lish xavfi ostida qoladi,” – deyiladi hisobotda.

Pentagon komissiyaning hisobotiga doir bayonot berdi. Bayonotda hisobot iliq qarshi olindi va unda MMSdagi strategik yo‘nalish va tamoyillar yana bir bor tasdiqlangani e’tirof etildi.

Biroq Mudofaa vazirligi bayonotida komissiya tomonidan aytib o‘tilgan strategiya kamchiliklari haqida fikr bildirilmagan. Shunga qaramay, Mudofaa vazirligi hisobotda bildirilgan tavsiyalarning e’tiborga olishini va kelajakda komissiya va kongress bilan mamlakat mudofaasini kuchaytirish borasida birga ishlashga umid qilishini bildirdi.

12 kishidan iborat bo‘lgan komissiyani sobiq mudofaa kotibi Erik Edelman va iste’fodagi admiral Gari Roufed boshqargan. Ushbu komissiya vakolati 2017 yilgi Milliy Mudofaani tasdiqlash to‘g‘risidagi qonun bilan kafolatlangan. Unga ko‘ra, qonun komissiyaga mustaqil va betaraf holda 2018 yilgi Mudofaa strategiyasini taftish qilish huquqini beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kongress komissiyasi: "AQSh urushda Rossiya yoki Xitoyga yengilishi mumkin"