10:18 / 16.11.2018
4 691

UXX sobiq rahbari Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urush oqibatlarini baholadi

UXX sobiq rahbari Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urush oqibatlarini baholadi
Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) sobiq rahbari Igor Smeshkoning «112 Ukraina» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, Ukraina armiyasi rossiyalik harbiylar ehtimoliy hujumiga «bardosh berolmaydi».

Smeshkoning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda Ukraina iqtisodiyotda yoki harbiy sanoatda «muvaffaqiyatlarini ko‘rsata olmaydi».

«Ha, hozir Donetsk va Luganskda bizga qarshilik ko‘rsatayotgan guruhlarga nisbatan qat’iy turishimiz mumkin», - dedi UXX sobiq rahbari.

Biroq, Smeshkoning ta’kidlashicha, agar «nazariy jihatdan» Rossiya Ukrainaga hujum qilsa, mamlakat armiyasi «bardosh berolmaydi».

Shuningdek, uning bildirishicha, Ukraina harbiy byudjetlari «shaffof emas» hamda katta miqdordagi sarf-xarajatlar (YaIMdan 5,3%) fonida pullar aynan nimaga ketayotgani noma’lumdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » UXX sobiq rahbari Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urush oqibatlarini baholadi