12:05 / 16.11.2018
4 239

Suygani bilan munosabatni uzgan qiz uni sudga berib qarzini to‘lab qo‘yishni talab qildi

Suygani bilan munosabatni uzgan qiz uni sudga berib qarzini to‘lab qo‘yishni talab qildi
Gap qanaqangi qarz haqida borayotganini bilmasangiz kerak-a? Ma’lum bo‘lishicha, Kanadaning Britaniya Kolumbiya viloyatida yashovchi Mayk Maklaxlin sevgan qizi Korinn Makkeyga 2017 yil avvalida turmush qurishni taklif qilmoqchi edi. Qarasa, yonida plastik kartochkasi yo‘q ekan. Shunda qizdan qarz berib turishini so‘radi. Qiz unga har oyda 500 dollardan to‘lab borish sharti bilan 3,49 ming dollar qarz berdi. Yigit oldin unga, keyin o‘ziga nikoh uzugi sotib oldi.

Yaqinda ular janjallashib qolishdi va turmush qurmaydigan bo‘lishdi. Yigit esa qiz bergan qarzlarni hanuz to‘lay boshlamagandi. Jahli chiqqan Korinn sudga shikoyat arizasi bilan murojaat etib, jami 3,49 ming Kanada dollari miqdoridagi pullarni undirib berishlarini so‘radi.

Yigit ham uni sudga berdi. Uning gapiga ko‘ra, qizning uyida divani va bir dona kursisi, bundan tashqari, sovg‘a qilgan nikoh uzugi borligini aytib, shularni qaytarishini talab qilib turib oldi.

Sud hukm chiqardi. Bunga ko‘ra, oldin Maklaxlin Makkeyga 3, 49 ming dollar miqdoridagi qarzini uzib qo‘yishi lozim bo‘ldi. Shundan keyingina qiz Maklaxlinga tegishli divan, kursi va nikoh uzugini qaytararkan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suygani bilan munosabatni uzgan qiz uni sudga berib qarzini to‘lab qo‘yishni talab qildi