Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon tantanali ravishda Rog‘un gidroelektr stansiyasining birinchi agregatini ishga tushirdi va shu tariqa stansiya ishiga start berdi.
Marosimda stansiyani qurganlar, faollar, olimlar, yoshlar, mehnat faxriylari, Dushanbedagi diplomatik korpus vakillari va dunyoning turli nufuzli tashkilotlari hamda uyushmalari mutaxassislari ishtirok etishgan. Shuningdek, marosimda O‘zbekiston, Rossiya, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Italiya delegatsiyalari, tojikistonlik va xorijiy jurnalistlar ham qatnashgan.
Tojikiston prezidenti agregatni ishga tushirishdan oldin GESni qurganlar bilan suhbat qurgan va ular bilan birga suratga tushgan.
«Bugun bizda bayram. Barcha tojikistonliklar uchun cheksiz bayram, chunki uzoq kutilgan voqea yuz berdi. Biz Rog‘unni ishga tushirdik va u ilk elektr energiyani bera boshladi. Bu sana tojik xalqining tarixiga oltin harflar bilan muhrlanadi», deb aytgan Rahmon.
Stansiya qurilishida 25 mingdan ko‘proq quruvchi, muhandis va boshqa texnik xodimlar ishtirok etgan. Rog‘un GESining barcha 6 ta gidroagregati ishga tushirilgach, u respublikadagi Nurek GESidan 1,5 marta ko‘proq elektr energiya ishlab chiqara boshlaydi.
Agregat respublikaning umumiy energetik tizimiga ulangan.
Rog‘un GESi / Turon 24
2016 yil 29 oktyabrda Tojikiston prezidenti ishtirokida GESning to‘g‘oni qurilishi boshlangan. O‘sha kuni Rahmon buldozer ruliga o‘tirib, Vaxsh daryosi o‘zanini to‘sish bo‘yicha ishlarga start bergandi.
Rog‘unda umumiy hisobda loyihaviy quvvati 600 megavattlik 6ta gidroagretat o‘rnatiladi, stansiyaning jami quvvati 3600 MVtni tashkil qiladi. Bu esa uni Markaziy Osiyodagi eng yirik GESga aylantiradi.
Loyihaga ko‘ra, GES to‘g‘onining balandligi 335 metrni tashkil qiladi. E’tiborlisi, loyiha yakuniga yetkazilgach, ushbu to‘g‘on o‘z turidagi dunyodagi eng balandi bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi