23:50 / 16.11.2018
4 322

Rossiya Afg‘onistonda qanday o‘yin o‘ynayapti? (1-qism)

Rossiya Afg‘onistonda qanday o‘yin o‘ynayapti? (1-qism)
Shu oyning boshida Rossiya hukumati tomonidan Tolibon vakillari ishtirokidagi Afg‘onistonda tinchlikni saqlash bo‘yicha konferensiyasi o‘tkazildi. Tadbirdan so‘ng Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Tolibon yetakchilari bilan suratga tushdi. Vaholanki, ushbu tashkilot Rossiyaning terroristik tashkilotlar ro‘yxatida bor edi.
Rossiya tashqi siyosatini sinchiklab kuzatayotganlar quyidagilarini o‘zlari uchun aniq bilib oldilar: Bu konferensiyadagi suratga tushish oddiy holat emas. Bu Kremlning maqsadi, Markaziy Osiyoning janubiy qismi va Afg‘oniston ekanligini ommaga oshkor etish demakdir.

Tolibon vakillari BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi tomonidan tashkil etilgan forumda birinchi marotaba qatnashdi.

Konferensiya, dastlab, 4 sentyabrga belgilangan edi. Biroq Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘aniyning Lavrovga konferensiyani bekor qilishni so‘rab murojaat qildi. Natijada Konferensiya muddatini surishga to‘g‘ri keldi. Moskvadagi noma’lum manbalarning aniqlik kiritishicha bu xabar Tolibonni g‘azablantirgan. Agar Kobul bosimi ostida rejalarga o‘zgartirish kiritishda davom etilsa, Tolibon vakillari konferensiyada qatnashmasligini ma’lum qilgan.

Bu vaqt oralig‘ida G‘aniy hukumatining rasmiy delegatsiyasi Moskvaga borishdan bosh tortdi. Shundan so‘ng ham Rossiya hukumati muzokaralarni davom ettirishga qaror qildi. Afg‘onistondagi asosiy harbiy muxolifatchi bilan hukumat o‘rtasidagi yuksalib borayotgan hamkorlikni namoyish etish ular erishmoqchi bo‘lgan maqsad edi.
Muhammadamin Toshkandiy
Al-Jazira

Davomi bor
Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Afg‘onistonda qanday o‘yin o‘ynayapti? (1-qism)