07:30 / 17.11.2018
2 019

Yevrokomissiya rahbari matbuot anjumanga turli poyabzallarda keldi (video)

Yevrokomissiya rahbari matbuot anjumanga turli poyabzallarda keldi (video)
Yevrokomissiya prezidenti Jan-Klod Yunker Janubiy Afrika Respublikasi yetakchisi Siril Ramafosa va Yevrokengash raisi Donald Tusk bilan uchrashuv yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumaniga turli rangdagi poyabzallarda keldi. Ushbu holat videosi tvitterda tarqalgan.

Videoda zaldagi ayollardan biri Yunker turli poyabzal kiyib olganini payqab, bu haqda unga aytgan. Ayol keksa siyosatchini poyabzalini almashtirib olish uchun chiqish joyigacha kuzatib qo‘ygan. Keyinroq Yunker qora rangdagi bir xil poyabzalda ko‘rinish bergan.

Amaldor avval ham rasmiy tadbirlarda shunga o‘xshash bahsli holatlarga tushgan. Shu munosabat bilan, ko‘p foydalanuvchilar Yunker uchun o‘zini bunday tutish oddiy hol ekanligini aytishgan va uning spirtli ichimliklarni xush ko‘rishini eslab o‘tishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevrokomissiya rahbari matbuot anjumanga turli poyabzallarda keldi (video)