16:16 / 17.11.2018
2 656

Interpolning yangi rahbari kim boʻladi?

Interpolning yangi rahbari kim boʻladi?
Foto: “Grantist”
Interpolga 2019 yili yangi rahbar saylanadi. Nufuzli “Financial Times” nashri yozishicha, Interpolga rahbarlikka ikki nafar nomzod qoʻyilgan: biri — ayni paytda tashkilotda prezident vazifasini vaqtincha bajarib turgan janubiy koreyalik Kim Chen Yang, ikkinchisi — tashkilotning hozirgi vitse-prezidenti, rossiyalik Aleksandr Prokopchuk.

Interpolning avvalgi rahbari Men Xunvey 2018 yilning 7 noyabr kuni isteʼfo bergandi. Bungacha u tashkilotning Liondagi shtab-kvartirasidan chiqib, vatani Xitoyga ketgan va bedarak yoʻqolgandi. Keyinchalik u korrupsiyada ayblanib, Xitoy hukumati tomonidan qoʻlga olingani haqida xabarlar chiqdi.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Interpolning yangi rahbari kim boʻladi?