Foto: «Korrespondent.net»
Britaniyalik va amerikalik olimlar guruhi qaysi yil insoniyat hayoti uchun eng og‘ir bo‘lganini aniqladi. Ma’lum bo‘lishicha, milodning 536 yili insoniyat tarixidagi eng yomon yil bo‘lgan. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Aynan o‘sha yilda 100 yillik iqtisodiy pasayish boshlangan va u insoniyatni og‘ir ahvolga olib kelgan. O‘sha vaqtda Vizantiyada Buyuk Yustinian boshqaruvining 10-yili bo‘lgan va hech qanday noodatiy hodisa kuzatilmagan. Biroq halokatning sababi tabiat anomaliyalari bilan bog‘liq bo‘lgan.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, Quyoshni jumboqli chang tumani yopib qo‘ygan va bu haroratning pasayishiga olib kelgan. O‘z navbatida hosilsizlik, qurg‘oqchilik va yozda qor yog‘ishi kuzatilgan. Buning oqibatida dahshatli ochlik yuzaga kelgan.
Tadqiqotlar jarayonida aniq bo‘lishicha, aynan shu yilda katta vulqonli hodisalar boshlangan, ular esa kul va muzlashlarni yuzaga keltirgan. Ikkinchi otilish 540 yilda yuz bergan va vaziyatni yanada yomonlashtirgan. 541 yilda esa Yustinian o‘lati boshlangan va insoniyatga ommaviy qiron keltirgan.
Iqtisodiyotni tiklash uchun odamlarga taxminan 100 yil kerak bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?