10:54 / 19.11.2018
4 169

"Miss Italiya"ning yuzini kislota bilan jarohatlagan jinoyatchi 15 yilga qamaldi

"Miss Italiya"ning yuzini kislota bilan jarohatlagan jinoyatchi 15 yilga qamaldi
Italiyaning Bolonya shahri sudi “Miss Italiya-2017” g‘olibining yuziga kislota sepib, uni jarohatlagan jinoyatchini 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Model Jessika Notaroga nisbatan bu tajovuz 2017 yil boshida amalga oshirilgan. Jessikaning sobiq yigiti bo‘lgan Edson Tavares o‘zaro janjal oqibatida modelning yuziga kislota sepib yuborgan. Oqibatda Jessika bir necha oy davolanishga, ko‘plab jarrohlik operatsiyalarini boshdan kechirishga majbur bo‘lgan. Shifokorlar uning chap ko‘zini tiklay olmaganlari uchun model qora ko‘zboylog‘ich taqqan holda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Jinoyat sodir etilgan yili Edson Tavares 18 yilga qamalishga hukm etilgan edi. Advokatlarning Tavaresga nisbatan ayblov xulosalarini yengillashtirish bo‘yicha qilingan murojaatlari inobatga olinib, unga 15 yilu besh oy va 20 kunlik qamoq jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "Miss Italiya"ning yuzini kislota bilan jarohatlagan jinoyatchi 15 yilga qamaldi