19:30 / 20.11.2018
4 292

O‘qituvchilar qayerda eng ko‘p e’zozlanmoqda?

O‘qituvchilar qayerda eng ko‘p e’zozlanmoqda?
O‘qituvchimisiz va sizga hamma ehtirom ko‘rsatishini istaysizmi? U holda Xitoy, Malayziya yoki Tayvanda dars berishingizni maslahat bergan bo‘lar edik, deb yozmoqda Bi-bi-siga tayanib "Xalq so‘zi" nashri.

Sababi xalqaro so‘rovnomalardan birining natijasi ayni shu davlatlarda o‘qituvchilarning jamiyat tomonidan yuqori darajada hurmat etilishini ko‘rsatmoqda.

Biroq Braziliya, Isroil va Italiya kabi mamlakatlarda esa “o‘qituvchilar obro‘si indeksi”da quyi o‘rinlarni egallagan.

Indeks Britaniyada joylashgan Iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqot milliy instituti hamda Varkey Foundation tashkiloti tomonidan tayyorlangan.

Buyuk Britaniya mazkur reytingda unchalik yuqori natijani ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, mazkur davlat o‘qituvchilari o‘z jamiyatida AQSh, Fransiya va Germaniyadagi hamkasblaridan ko‘ra yaxshiroq hurmat qilinar ekan.

Ro‘yxatning eng yuqori pog‘onasi Xitoyga nasib etgan. 35 ming ishtirokchi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, xitoylik o‘quvchilarning 81 foizi o‘z o‘qituvchisini hurmat qilishini ko‘rsatdi.

Yevropa va Janubiy Amerika davlatlarining aksarida “o‘quvchilar o‘z o‘qituvchisini uncha hurmat qilmaydi”, degan qarash shakllangan.

Ammo o‘qituvchini e’zozlash madaniyati Osiyo, ayniqsa, Janubiy Koreya va Singapur kabi davlatlarda yuqori darajaga ko‘tarilgan. Aynan shu davlatlardan bo‘lgan o‘quvchilarning xalqaro imtihonlar va musobaqalarda ko‘rsatayotgan natijasi ham yuqori. Tadqiqotchilar buni malakali xodimlarni ta’lim tizimiga jalb etib kelinishi bilan izohlamoqda.

O‘qituvchilarning biror mamlakatda qanchalik darajada izzat qilinishini bilishning yana bir usuli - bu ota-onalarning o‘z farzandiga ushbu kasbni ravo ko‘rish-ko‘rmasligini aniqlashdir.

Xitoy, Hindiston va Ganada ko‘plab oilalar farzandining o‘qituvchi bo‘lishini istaydi. Rossiya, Isroil va Yaponiyada esa buning aksini ko‘rish mumkin. Buyuk Britaniyada ota-onalarning 23 foizigina farzandini o‘qituvchi bo‘lishga undaydi.

Yana bir jihat: keyingi besh yil ichida ta’lim tizimi va o‘qituvchilarning kasbiy hayotida o‘zgarishga uchragan eng katta narsa — bu mehnat va samaradorlikka yarasha haq to‘lashning ommalashgani bo‘lgan. Besh yil oldin o‘qituvchilar munosib haq olish masalasi dunyo bo‘ylab ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotgan edi.

Varkey Foundation asoschisi Sanni Varkeyning aytishicha, endi biz bemalol o‘qituvchini e’zozlash nafaqat axloqiy burch, balki mamlakat ta’lim tizimining ravnaq topishi kafolati ekanini bemalol ayta olamiz.

O‘qituvchilar eng ko‘p hurmat qilinadigan davlatlar reytingida yuqori o‘nlik quyidagicha ko‘rinish oldi: Xitoy, Malayziya, Tayvan, Rossiya, Indoneziya, Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston, Yangi Zelandiya, Singapur.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘qituvchilar qayerda eng ko‘p e’zozlanmoqda?