19:54 / 20.11.2018
3 878

Bryus Lining uyi bolalar maktabiga aylantiriladi

Bryus Lining uyi bolalar maktabiga aylantiriladi
Bryus Lining Gonkongdagi uyi bolalarni xitoy musiqasi va mandarin-xitoy tilini o‘qitish maktabiga aylantiriladi. Bu haqda “South Chine morning post” nashriga tayanib Turon24 xabar berdi. Ushbu o‘quv markazi 2019 yilning sentyabr oyida ochilishi rejalangan.

Binoni ta’mirlash ishlari milliarder Yun Pan-linning hayriya jamg‘armasi ko‘magida, uning nevarasi Pan Chi-pin boshchiligida amalga oshirilmoqda. Tadbirkor Yun Pan-lin o‘zining barcha boyligini xayriya ishlariga sarflashini vasiyat qilgan.

"Binoning ko‘rinishini o‘zgartirmaymiz. Bryus Li rasmi aks etgan mozaika ham shu ko‘rinishida qoladi”, deydi Pan Chi-pin.

Hayriya tashkiloti yangi maktabning Bryus Li nomi bilan atalmasligini ma’lum qildi. Bryus Lining uyini qayta ta’mirlash ishlari 2019 yilning 5 fevralidan boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bryus Lining uyi bolalar maktabiga aylantiriladi