Tojikistonning Darvoz tumani Ruzvayi qishlog‘ida anorning yangi turi – vazni 1 kg chiquvchi hosili yetishtirildi. Mazkur meva Ruzvayi qishlog‘ida yashovchi bog‘bon Rahmiddin Najmiddinovning bog‘ida payvandlash yo‘li bilan yaratildi.
Bog‘bon 20 yildan buyon sitrus mevalar yetishtirish bilan shug‘ullanadi.
Uning qayd etishicha, anorning "Karon" nomli bu navi shirin donali bo‘lib, shifobaxsh xususiyati bilan ajralib turadi. “Karon” anori buyrak bilan bog‘liq kasalliklarni davolashda juda foydali.
“Avval sabzavot yetishtirish bilan shug‘ullanganman. Keyinchalik 1,5 gektar yerni anorzorga aylantirdim. Hozir 5-6 tup anor mevasi bilan ro‘zg‘orga kerakli mahsulotlarni sotib olishga qurbim yetadi”, – deydi bog‘bon.
Darvoz Tog‘li Badaxshon Muxtor viloyatining subtropik mevalar yetishtirish uchun qulay iqlimga ega bo‘lgan yagona tumanidir. Tuman bog‘bonlari uzoq yillardan buyon Pomir biologiya instituti bilan hamkorlikda limon, anor, anjir va xurmo kabi mevalar parvarishi bilan shug‘ullanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi