00:17 / 21.11.2018
4 814

Saudiya valiahd shahzodasi taxtdan mahrum etilishi mumkin

Saudiya valiahd shahzodasi taxtdan mahrum etilishi mumkin
Saudiya qirollik oilasining ba’zi a’zolari jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi haqidagi ish tufayli, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon al Saud qirol bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka intilmoqda, deb yozadi «Daryo».

Reuters’ning qirollik saroyidagi manbalariga ko‘ra, «o‘nlab» boshqa shahzodalar va qirollik oilasining boshqa a’zolari taxtga Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Al Saudning kenja o‘g‘li Ahmad ibn Abdulaziz ibn Saud o‘tirishini istamoqda. Ammo qirol tirikligida ular harakat qilmaydi.

Bundan tashqari, manbalar xabar qilishicha, Saudiya qiroli o‘limidan keyin G‘arb mamlakatlari Ahmadni qo‘llab-quvvatlaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya valiahd shahzodasi taxtdan mahrum etilishi mumkin