Foto: Reuters
Meksikalik arxeologlar Teotiuakandagi Oy piramidasi ostida yerosti tunnelini topdi. U dafn marosimlari uchun foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Mexico News Daily’ga tayanib, Daryo xabar bermoqda.
1980 yillardagi avvalgi qazish ishlarida olimlar bosh suyagi shakli o‘zgargan inson jasadi qoldiqlari, shuningdek, yashil toshdan turli artefaktlarni topgan. Shu sababdan bu kabi ob’ektlarni piramida ostidan ham topish mumkinligi taxmini yuzaga kelgan.
Arxeologlar piramidani elektrotomografiya yordamida skanerlab, sakkiz metr chuqurlikda yerosti kamerasiga olib boruvchi 15 metr uzunlikdagi tunnelni topdi. Labirintlar o‘lchami va avvalgi topilmalar bu joy ramziy ma’noga ega bo‘lganligidan dalolat beradi.
Olimlar fikricha, piramida ostida «narigi dunyo» ramzi joylashgan.
Oy piramidasi eramizning 200—450 yillari oralig‘ida barpo etilgan. Qurilma zinasi O‘liklar yo‘liga olib boradi, uning cho‘qqisida esa Oy xudosi sharafiga diniy marosimlar uchun foydalanilgan maydoncha joylashgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi