Vladimir Putinning soqchilarini nafaqat yaxshi ish bilan, balki yer bilan ham ta’minlashadi, deb yozadi «Dojd». Bunday xodimlardan bir yo‘la bir nechtasiga noodatiy tarzda Odinsov tumanidagi, ilgari «NKVD» sovxozi sobiq ishchilariga tegishli bo‘lgan yer uchastkalari tekkan. Avvalgi yer xo‘jayinlari yerni ulardan aldov yo‘li bilan yoki hatto kuch bilan tortib olishganini aytmoqda.
Sovet ittifoqi parchalangach, sovxoz yerlarini ishchilar xususiylashtirib olgan. Ammo 90-yillar oxirida ularga allaqanday korxona aksiyalari evaziga yer uchastkalarini unga berib yuborishni taklif qilishgan, keyinchalik aksiyalar qadrsizlanib ketgan.
Shuningdek, 90-yillarda «obro‘li kishilar» va biznesmenlar yerlarni qalbaki hujjatlar, do‘pposlashlar va qo‘rqitishlar yo‘li bilan olib qo‘ygan.
Prezidentning yerlarni qo‘lga kiritgan soqchilari Putinning ilk chet el safarlaridan biri chog‘ida uning yonida paydo bo‘lgan edi, ular endi soyadan chiqib kelmoqda.
Odinsov tumanidagi yer uchastkalariga egalik qiluvchilar orasida prezidentning sobiq soqchisi Viktor Zolotov, uning o‘g‘li va kuyovi, favqulodda vaziyatlar vaziri Yevgeniy Zinichev, prezident xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Oleg Klimentev va uning qizi va boshqalar ham bor. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»