12:30 / 22.11.2018
3 998

Tramp AQShdagi juda arzon benzin uchun «uzr so‘radi»

Tramp AQShdagi juda arzon benzin uchun «uzr so‘radi»
AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, Fake News uni benzinga narxlar pastligi sababli Qo‘shma Shtatlar yo‘llarida paydo bo‘lgan katta tirbandliklarda ayblab chiqdi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.

Trampning tan olishicha, Fake News’ni - u, o‘zining fikricha, yolg‘on ma’lumot tarqatuvchi va aslida yo‘q bo‘lgan manbalarga tayanuvchi OAVni shunday, deb ataydi - mag‘lub eta olmaydi.

Uning ta’kidlashicha, noma’lum «feyk xabarlar» uni AQSh yo‘llaridagi tirbandliklarda ayblashgan, bu juda ham arzon benzin tufayli paydo bo‘lgan. Yoqilg‘i, o‘z navbatida, u o‘z ishini «juda yaxshi» qilgani sababli arzonlashib ketgan, deya hisoblaydi Tramp.

«Men barchadan uzr so‘rayman!», - deya o‘z postiga xulosa qilgan Amerika prezidenti.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp AQShdagi juda arzon benzin uchun «uzr so‘radi»