20:26 / 22.11.2018
6 758

Xitoy va Rossiya dollar ustunligini sindirmoqchi

Xitoy va Rossiya dollar ustunligini sindirmoqchi
Rossiya va Xitoy Amerika dollaridan qaramlikni kamaytirishga harakat qilmoqda va ikki tomonlama hisob-kitoblarda milliy valyutadan foydalanish bo‘yicha kelishuvni ishlab chiqmoqda. Bu haqda South China Morning Post'ga tayanib Kun.uz nashri xabar berdi.

Shu tariqa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo to‘lovlarini yuan va rublda amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu harakatlarga Moskva hamda Pekinga AQSh tomonidan iqtisodiy sanksiyalarning kuchaytirilishi va Xitoyga qarshi yangi savdo bojlari joriy etilishi tahdidi sabab bo‘ldi, deya ta’kidlaydi nashr.

Xususan, Xitoyga qilgan tashrifi chog‘ida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bir vaqtning o‘zida Rossiyada Xitoy brendi va Xitoyda Rossiya brendi ostida ishlashi mumkin bo‘lgan qo‘shma kartalar chiqarish imkoniyati haqida ma’lum qildi. Medvedevning fikriga ko‘ra, yangi to‘lov tizimi dollarning ustunligidan qochishga urinishdir.

Yangi to‘lov tizimini yaratish Xitoy va Rossiyaga SWIFT’dan foydalanmaslik hamda shu tariqa AQSh sanksiyalarini chetlab o‘tish imkonini beradi, deb yozmoqda SCMP. Qayd etilishicha, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi xalqaro savdo kelishuvlarida yuandan foydalanish ulushini oshirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy va Rossiya dollar ustunligini sindirmoqchi