17:55 / 23.11.2018
5 338

Moskvada migrantlar uchun patent narxi oshadi

Moskvada migrantlar uchun patent narxi oshadi
Moskva shahar Dumasi deputatlari xorijiy fuqarolar uchun mehnat patenti qiymatini o‘zgartiruvchi, «Jismoniy shaxslarning mulkiga solinadigan soliq to‘g‘risida»gi qonunni tuzatishlar bilan qabul qildilar. Bunda patent narxi 4,5 mingdan 5 ming rublgacha oshadi (68,2 dollardan 75,8 dollargacha). Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

«Migrantlar uchun patent 4,5 ming rubl edi. Biz patentni bir marta oshirganmiz, endi yana oshiramiz, bu, birinchi navbatda, bizga tegishli ta’limga ega bo‘lgan, shahrimizda ishlash imkoniyatiga ega mehnat migrantlari kelishi kerakligi bilan bog‘liq. Boshqa tomondan, bu orqali byudjetni to‘ldiramiz va mablag‘larni ijtimoiy ehtiyojlarga, jumladan, mehnat migrantlariga shahrimizda yaxshiroq sharoit yaratish uchun yo‘naltiramiz», - dedi Moskva shahar Dumasining iqtisodiy siyosat va moliya bo‘yicha komissiyasi raisi Lyudmila Guseva.

Uning aniqlik kiritishicha, tegishli o‘zgartishlar 2019 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi.

Avvalroq, Moskva meri Sergey Sobyanin shahar noqonuniy mehnat migratsiyasi muammosi deyarli hal etilgani va poytaxt aholisi uchun endi tashvish manbasiga aylanmasligi haqida xabar bergan. Qayd etilishicha, migrantlarning aksariyati qonuniy ravishda ishlaydi va muntazam ravishda soliq to‘laydi - yiliga 12-14 milliard rubl.

Keyinchalik, u Moskva byudjetining migrantlarga patent berishdan oladigan daromadlari 2018 yilda 14 foizga - 16 milliard rublgacha oshishi mumkinligini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada migrantlar uchun patent narxi oshadi