09:02 / 25.11.2018
4 602

Ishonch darajasi reytingi. Si Szinpin Putin va Trampni ortda qoldirdi

Ishonch darajasi reytingi. Si Szinpin Putin va Trampni ortda qoldirdi
Xitoy rahbari Si Szinpin jahon yetakchilariga ishonch darajasi bo‘yicha reytingda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh davlat rahbari Donald Trampni ortda qoldirdi. Bunday ma’lumot Italiyaning Milton Fridman instituti hisobotida keltirilgan.

Hisobot mualliflari uni 2017-2018 yillardagi bir qator siyosiy tadqiqotlar asosida tayyorlab, Si Szinpinni mamlakatda eng maksimal ishonch reytingiga ega davlat rahbari, deb atashdi. Ta’kidlanishicha, u Xitoyni jahon maydonida mustahkamlagani, shuningdek, ijtimoiy siyosati tufayli shunday natijaga erishdi.

Ikkinchi o‘rinni Putin egalladi, kuchli uchlikka esa Tramp yakun yasab berdi. Har ikki siyosatchini ma’qullash reytingi, hisobot mualliflari fikriga ko‘ra, proteksionistik siyosat bilan izohlanadi.

Shuningdek, yetakchilar beshligiga Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey ham kiritildi.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, liberal yetakchilar jahon hamjamiyati tomonidan tobora ko‘proq qo‘llab-quvvatlanmoqda, ammo ular davlat ichida konservativ yetakchilar bilan taqqoslaganda, nisbatan past reytingga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ishonch darajasi reytingi. Si Szinpin Putin va Trampni ortda qoldirdi