Birlashgan Arab Amirliklari hukumati Buyuk Britaniyaning Darem universiteti aspiranti, josuslik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etilgan Metyu Xejesni afv etdi. Bu haqda BBCga tayanib Kun.uz xabar qilmoqda.
Birlashgan Arab Amirliklaridan ta’kidlashlaricha, afv etish haqidagi qaror BAA Milliy kuni - 2 dekabr kuni nishonlanadigan, Amirliklar birlashgan kun munosabati bilan chiqarildi.
BAAda aspirant «arab bahori» paytida va undan keyin maxsus xizmatlarning harakatlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. Hukumat fikricha, bu Britaniya razvedkasi uchun maxfiy ma’lumotlarni to‘plash uchun o‘ziga xos niqob bo‘lgan.
Xejes 2018 yil may oyida Dubayda hibsga olingan. Qarindoshlarining ma’lum qilishicha, uni arab tilidagi hujjatlarni imzolashga majbur qilishgan. 21 noyabr kuni britaniyalik josuslik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Uning ishi yuzasidan sud besh daqiqa davom etgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi