18:34 / 27.11.2018
5 383

AQShning Rossiya va Xitoy bilan raqobatidan kim eng ko‘p zarar ko‘rmoqda?

AQShning Rossiya va Xitoy bilan raqobatidan kim eng ko‘p zarar ko‘rmoqda?
Germaniya tashqi ishlar vazirligi rahbari Xayko Maasning ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlarning Rossiya va Xitoy bilan raqobati Yevropa mamlakatlariga ta’sir o‘tkazmoqda. Bu haqda RIA Novostiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy geosiyosiy muhit jahondagi qudratli davlatlar o‘rtasida yuz beruvchi raqobat bilan aniqlanadi.

«Ushbu musobaqa arenasi yanada aniqroq bo‘lib bormoqda: bir tomondan, iqtisodiy, Qo‘shma Shtatlar va Xitoy o‘rtasidagi, savdo mojarolarining kuchayish ehtimoli bilan. Boshqa tomondan, AQSh va Rossiya, shuningdek, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi strategik raqobat», - dedi Maas.

Uning ta’kidlashicha, hozirgi vaziyatda Yevropa hammadan ko‘p yo‘qotmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQShga keskin javob qaytargandi.

Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Gen Shuanning bildirishicha, AQSh prezidenti huzuridagi iqtisodiy maslahatchilar kengashi raisi Kevin Xassetning Xitoy Jahon savdo tashkilotidan (JST) chiqarib yuborilishi haqidagi bayonoti bema’ni va Qo‘shma Shtatlarning takabburligi isbotidir.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShning Rossiya va Xitoy bilan raqobatidan kim eng ko‘p zarar ko‘rmoqda?