10:43 / 28.11.2018
3 912

5 yoshli chechenistonlik bola o‘z rekordini takrorlab bermoqchi

5 yoshli chechenistonlik bola o‘z rekordini takrorlab bermoqchi
5 yoshli chechenistonlik bola, qo‘llarga tayanib yotgan holda ko‘tarilib-turish mashqidan bir urinishda 4 ming martadan ko‘proq bajargan Rahim Kuriyev ushbu rekord natijasini 28 noyabrda Rossiya rekordlar kitobi komissiyasi a’zolari ko‘z o‘ngida takrorlab bermoqchi.

Avvalroq bolakay 2 soat 26 daqiqa davomida 4105 marta ko‘tarilib-turgani ma’lum qilingandi. Biroq Rossiya rekordlar kitobi vakillarida bu natija borasida “kichik savollar” tug‘ilgan, shu sababli rekord rasman qayd qilinmagan.

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Rahim o‘z rekordini qaytara olishiga ishonch bildirgan va “komissiya a’zolarida buni sanashga sabr yetsa bo‘lgani” deb ta’kidlab o‘tgan. Avvalroq Qodirov bolakayni ushbu rekordi uchun “Mercedes” mashinasi bilan taqdirlagandi.

“28 noyabrda Grozniyga Rossiya rekordlar kitobi vakillari kelishadi va ular ko‘z o‘ngida Rahim o‘z rekordini takrorlaydi. Biz 4,2 ming marta ko‘tarilib-turishni bajarmoqchimiz. Qolgani bolaning kayfiyatiga bog‘liq bo‘ladi”, deb aytgan bolaning otasi Zelimxon Kuriyev. U o‘g‘lining kutilayotgan sinovga ham ruhan, ham jismonan tayyorligini aytdi.

“Rahim tayyor, kayfiyati a’lo. Biz shu kunlar davomida u bilan mashg‘ulotlar o‘tkazdik, rekordni takrorlashga tayyorlandik”, deb qo‘shimcha qilgan bolaning otasi. Bu gal bola o‘z natijasini Grozniy televideniyesi studiyasida namoyish qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 5 yoshli chechenistonlik bola o‘z rekordini takrorlab bermoqchi