13:38 / 29.11.2018
4 446

Yangi Zelandiyada fanga ma’lum bo‘lmagan ajabtovur dengiz jonivorini aniqlashdi

Yangi Zelandiyada fanga ma’lum bo‘lmagan ajabtovur dengiz jonivorini aniqlashdi
Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahrida yashovchi bir ayol dengiz sohilidagi plyajda axlat yig‘ib yurib ajabtovur jonzot qoldiqlarini uchratdi. Aftidan, bu jonzotni dengizda yuzaga kelgan kuchli to‘fon sohilga itqitib tashlagan bo‘lsa kerak.

Jonzotning uzun dumi bo‘lib, ikki yonidan oyoqsifat a’zolar o‘sib chiqibdi. Qanotlarida o‘tkir tirnoqlar mavjud. Og‘zi bir-biridan o‘tkir tishlarga to‘la ekan.

Ayol jonzotni unisi-bunisiga ko‘rsatib boqqandi. Hech kim hayratlanmadi. Yelka qisishdan nariga o‘tmadi. Shundan keyin ayol jonzotning suratini internetga joylashtirdi. Hozir bu mavjudot bilan dunyoning yetakchi olimlari qiziqishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi Zelandiyada fanga ma’lum bo‘lmagan ajabtovur dengiz jonivorini aniqlashdi