14:36 / 30.11.2018
3 723

“Taxtlar o‘yini” rejissyori filmni suratga olish maydonida “gestapocha” intizom bo‘lganini aytdi

“Taxtlar o‘yini” rejissyori filmni suratga olish maydonida “gestapocha” intizom bo‘lganini aytdi
“Taxtlar o‘yini” filmi rejissyori Devid Natter AQShning “Huffington Post” nashriga bergan intervyusida film juda qattiq “gestapocha” intizom asosida suratga olinganini aytdi.

Aytish joiz, “Taxtlar o‘yini” filmining sakkizinchi fasli o‘ta maxfiy sharoitda suratga olingani haqida serial ishtirokchilari bo‘lgan aktyorlar ham ma’lum qilgan edi.

Ijrochilar suratga olish jarayonida ularga ssenariy faqat raqamli formatda berilgani va s’yomka tugashi bilan o‘chirib tashlangani haqida ham aytishgan.

Film rejissyori Devid Natter aktyorlardan biri Liam Kannigemning o‘z ssenariysini, hatto himoyalangan shaxsiy "iPad" orqali ham topa olmaganini izohlar ekan, shunday degan:

“Ba’zan paparatssilar suratga olish jarayonlaridan biror kadr olishga harakat qilib operatorlik krani-yu xayolingga kelmagan boshqa joylarga yashirinib olishadi. Ular hamma joyda bor edi. Bu gal suratga olish maydonida hech qanday qog‘oz, bosma matndan foydalanmadik. Serial qahramonlarining taqdiri qanday kechishini hech kim bilib qolmasligi uchun shu darajada qattiq nazorat qilindi. Oqibatda bu gestapocha nazoratga o‘xshab qoldi”.

Shuningdek, u serialning shov-shuvga o‘ch fanatlarini chalg‘itish uchun bir nechta soxta lavhalar ham suratga olinganini oshkor etdi. Ammo ularning tafsilotlariga to‘xtalmadi.

“Taxtlar o‘yini” filmining so‘nggi fasli 2019 yil aprel oyida namoyish etilishi rejalashtirilgan. U har biri 90 daqiqalik olti seriyadan iborat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Taxtlar o‘yini” rejissyori filmni suratga olish maydonida “gestapocha” intizom bo‘lganini aytdi