15:00 / 30.11.2018
4 453

Nigeriyalik ayol erining ikkinchi xotinga uylanish marosimini yo‘qqa chiqardi

Nigeriyalik ayol erining ikkinchi xotinga uylanish marosimini yo‘qqa chiqardi
Nigeriyaning Imo shtatida erkak birinchi xotinidan bekitiqcha ikkinchisiga uylanayotgandi. Kutilmaganda xotini paydo bo‘ldi…

Aslida shu ikkinchi xotinga uylanishga ahd qilgandanoq muammolar ko‘ndalang bo‘lavera boshlagandi. Birinchi cherkovga borishdi. Ruhoniy uning xotini borligini bildi-yu, bu muammodan nariroq bo‘lishni istadi. Ya’ni, nikoh o‘qishdan bosh tortdi. Erkak ikkinchi cherkovga bordi. Harqalay bu yerdagi ruhoniylar rozi bo‘lishgandi.

Endigina nikoh marosimi boshlanganda, erkakning birinchi xotini qo‘lida palma moyi to‘la idish bilan kirib keldi va he yo‘q, be yo‘q moyni kelinning ustiga sepdi. Nikoh ko‘ylagi rasvo bo‘ldi. Shunday qilib to‘y buzildi…

Ko‘p xotinlilikka Nigeriyaning 12 ta shtatidagina rasman ruxsat berilgan. Ammo Imo shtati ular qatoriga kirmaydi. Demak, erkak bir xotin bilan yashashga majbur.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nigeriyalik ayol erining ikkinchi xotinga uylanish marosimini yo‘qqa chiqardi