Buenos-Ayres aeroportida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan siyosiy mojaroga tortuvchi noqulay vaziyat yuz berdi.
Gap shundaki, Buenos-Ayresga “Katta yigirmatalik” sammitida ishtirok etish uchun kelgan Makron va uning rafiqasi Brijitni Argentina rasmiy shaxslaridan hech kim kutib olmagan. Ular samolyotdan chiqishganda ularni kutib olishi kerak bo‘lgan birorta rasmiy shaxsni ko‘rishmagan.
[media=https://www.youtube.com/embed/UkYMFiJfORs]
Internetda joylashtirilgan ushbu holat videosida Makron taajjub bilan aeroport xodimlari bilan so‘rashib, jilmaygancha avtomobili tomon yo‘l olayotganini ko‘rish mumkin.
Fransiya prezidentini, aslida Argentina vitse-prezidenti Gabriela Miketti kutib olishi kerak bo‘lgan. Biroq uning aytishicha, Makronni kutib olishi kerak bo‘lgan delegatsiyaga aeroportda vaqtida paydo bo‘lishga tushunmovchilik xalaqit qilgan.
“Ularni kutib olish uchun qizil gilamcha yoniga borishimizga “Hozir” deyilmaguncha kutishimiz kerak edi. Barchasi daqiqalargacha rejalashtirilgandi va Fransiya prezidenti xodimlari bilan kelishilgandi. Ammo ular bizga “hozir” deb ko‘rsatma berishganda, prezident avtomobilga o‘tirib bo‘lganini angladik”, deb aytgan Miketti.
Fransiya OAV Makron aeroportga kelgandan keyin sariq jiletdagi xodim bilan qo‘l berishib so‘rashganiga e’tibor qaratishgan va kinoyali tarzda buni Fransiyada o‘tayotgan “sariq jiletlar” harakati namoyishlari bilan bog‘lashgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?