06:31 / 01.12.2018
3 711

Ukraina o‘z hududiga 16 dan 60 yoshgacha bo‘lgan rossiyalik erkaklarni kiritmaydi

Ukraina o‘z hududiga 16 dan 60 yoshgacha bo‘lgan rossiyalik erkaklarni kiritmaydi
"Ukraina hududiga 16 dan 60 yoshgacha bo‘lgan rossiyalik erkaklarning kirishi taqiqlandi. Bu haqda Ukraina davlat chegara xizmati rahbari Petr Sigikal prezident Pyotr Poroshenko bilan uchrashuvda ma’lum qildi", – deb xabar bermoqda “Turon24” AA.

"Nazorat-o‘tkazish punktlarida nazorat choralari kuchaytirilgan. Bugungi kunda chet elliklarning, birinchi navbatda Rossiya fuqarolarining kirishi cheklangan. Rossiyaning 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkak fuqarolarining Ukrainaga kirishi taqiqlanadi", – degan janob Sigikal.

“Rossiya Ukrainada aslida Rossiya qurolli kuchlari vakillari bo‘lgan askarlardan "xususiy" armiya otryadlarini tashkil qilmasligi, 2014 yildayoq rejalashtirgan operatsiyalarini amalga oshirolmasligi uchun Ukraina 16-60 yoshli Rossiya fuqarolarining kirishiga cheklov joriy etdi", – deb yozgan prezident Poroshenko "Twitter"dagi sahifasida.

25 noyabr kuni Qora dengizda Rossiya federal xavfsizlik xizmati Ukrainaning Kerch bo‘g‘ozidan o‘tmoqchi bo‘lgan uchta kemasini qo‘lga olgan. 28 noyabr kuni Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakatning 10 ta viloyatida 30 kunlik harbiy holat joriy etilishini tasdiqlagan.

Rossiya esa ukrain erkaklariga mamlakatga kirishni taqiqlash niyatidan yiroq. "Ukrainaning keng miqyosdagi cheklovlariga javoban Rossiya ukrainlarga mamlakatga kirishni cheklash niyati yo‘q", – degan Federatsiya kengashi a’zosi Frans Klinsevich.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina o‘z hududiga 16 dan 60 yoshgacha bo‘lgan rossiyalik erkaklarni kiritmaydi