15:20 / 01.12.2018
4 032

Argentinadagi sammitda jahon yetakchilariga tortilgan asosiy taom ma’lum qilindi (foto)

Argentinadagi sammitda jahon yetakchilariga tortilgan asosiy taom ma’lum qilindi (foto)
Argentinadagi G20 sammiti birinchi kuni tashkillashtirilgan kechki ovqatning asosiy taomiga dengiz qisqichbaqasi aylandi. Bu haqda RIA Novostiga tayanib Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Foto: Depositphotos
Ta’kidlanishicha, kechki tadbir «Kolon» teatrida bo‘lib o‘tdi. Bundan avval davlat rahbarlari Argentina steykini tatib ko‘rishdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun menyuda italyan rizottosi, pitssa, gamburger, dimlangan sabzavotlar, pishloqlar, kolbasalar, dulse de leche muzqaymog‘i (karamel sousi) va empanadas pirojkalari bo‘lgan. Shuningdek, matbuot markazida ichida ichimliklar bo‘lgan, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish avtomatlari o‘rnatildi.

G20 sammiti 30 noyabr - 1 dekabr kunlari Argentina poytaxti Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya G20’dagi uchrashuv bekor qilingani tufayli javob zarbasi berishi aytilgandi.

Washington Examiner’ning rossiyalik ekspertlar fikriga tayangan holda yozishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Argentinadagi G20 sammiti doirasida ikki tomonlama uchrashuv bekor qilingach, javob zarbasi berishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Argentinadagi sammitda jahon yetakchilariga tortilgan asosiy taom ma’lum qilindi (foto)