10:20 / 02.12.2018
8 290

Xitoylik ayol 27 yoshga kirgach aslida erkak ekanini bildi

Xitoylik ayol 27 yoshga kirgach aslida erkak ekanini bildi
Xitoyning Xunan viloyatida yashovchi ismi-sharifi sir tutilgan 27 yoshli ayol kuni kecha vrachlar ko‘rigidan o‘tib aslida erkak ekanidan xabar topdi. Qanday qilib deysizmi?

Ma’lum bo‘lishicha, u bir yil oldin turmushga chiqqan. Ammo homilador bo‘la olmagan. Shu sababli vrach ko‘rigiga borgan. UZI va boshqa tekshiruvlar ko‘rsatganki, ayolning organizmida homilador bo‘lishi uchun tuxumdon yo‘q ekan. Garchi tashqi ko‘rinishi to‘liq ayolligini isbotlasa-da, aslida organizmida erkak a’zolari hukmron ekan.

— Bu tibbiyotda jinsiy deformatsiya deyiladi, — tushuntirish berdi mahalliy vrachlardan biri. — Ya’ni, ayol organizmida aslida erkak tuxumdoni rivojlangan. Lekin gormonal tizimda xatoliklar va buzilishlar sodir bo‘lishi natijasida bu tuxumdonlar ayol gormonlarini ishlab chiqib organizmga tarqatgan. Ana shuning ta’sirida u tashqi ko‘rinishi bo‘yicha haqiqatan ayol tusini olgan. Ayolga xos jinsiy a’zolar esa yo‘q. Demak, u aslida erkak kishi hisoblanadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik ayol 27 yoshga kirgach aslida erkak ekanini bildi