13:21 / 02.12.2018
5 760

Dunyodagi eng "kuchli" pasport ma’lum qilindi

Dunyodagi eng "kuchli" pasport ma’lum qilindi
Passport Index reytingiga ko‘ra, BAA pasporti dunyodagi eng kuchli pasport deb topildi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.

"Dunyo BAA xalqi uchun o‘z eshiklarini ochadi", deb izohladi BAA vitse-prezidenti va bosh vaziri, Dubay hukmdori shayx Muhammad ibn Rashid Al Maqtum o‘zining Twitter blogida.

BAA tashqi ishlar vazirligi 2021 yilgacha mazkur mamlakat pasportini dunyoning eng kuchli pasportlari beshligiga kiritishni maqsad qilgan Passport Force tashabbusini ilgari surgandi. 2016 yil dekabrdagi reytingda Amirlik pasporti 27-o‘rinda joylashgandi.

Bugungi kunda BAA fuqarolari 167 mamlakatga vizasiz bora oladi.

Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston pasporti 68-o‘rinni egallamoqda. O‘zbekistonliklar 63 ta davlatga viza olmagan holda sayyohat qilishlari mumkin: ular 26 ta davlatga vizasiz borishlari mumkin, 37 ta davlatga esa kirishda viza olishlariga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonliklar viza olishlari kerak bo‘lgan davlatlar 135 tani tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng "kuchli" pasport ma’lum qilindi