17:27 / 02.12.2018
3 710

Ukraina Rossiya ustidan Gaaga Xalqaro arbitraj sudiga arz qildi

Ukraina Rossiya ustidan Gaaga Xalqaro arbitraj sudiga arz qildi
Ukraina tashqi ishlar vazirligi Rossiya maxsus xizmati tomonidan ukrainalik dengizchilarni o‘qqa tutilgani hamda Kerch bo‘g‘ozida harbiy dengiz xizmati kemalarini qo‘lga olgani yuzasidan Gaaga Xalqaro arbitraj sudiga arz qildi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

«Rossiya bir yo‘la bir nechta xalqaro fundamental buzilishlarga yo‘l qo‘ydi. Birinchi — bu agressiya akti. Agressiya aktlari bu nafaqat o‘qqa tutish, kemalarni qo‘lga olish va dengizchilarni yaralash, bu shuningdek mamlakatga zarba berishdir. Ikkinchidan, Rossiya bizning dengiz huquqi Konvensiyasi bo‘yicha navigatsiya erkinligi suveren huquqlarimizni poymol qildi»,— deydi Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin.

Klimkin ukrainalik dengizchilar xalqaro navigatsiya qoidalariga so‘zsiz amal qilganligini qayd etdi.

Xalqaro hamkorlar Rossiyaning agressiyasi bo‘yicha Ukraina pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Rossiya ustidan Gaaga Xalqaro arbitraj sudiga arz qildi