18:23 / 02.12.2018
4 666

Jahon mamlakatlarining farovonlik reytingi e’lon qilindi (foto)

Jahon mamlakatlarining farovonlik reytingi e’lon qilindi (foto)
Buyuk Britaniyaning The Legatum Institute tahliliy markazi navbatdagi yillik farovonlik reytingini e’lon qildi.

Reyting xavfsizlik va muhofaza, ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot, biznes-muhit, shaxsiy erkinlik kabi to‘qqizta ko‘rsatkich asosida tuzildi.

Farovonlik-2018 reytingida o‘tgan yilgi reytingdagi singari Norvegiya, Yangi Zelandiya va Finlyandiya yetakchi bo‘ldi.

Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qozog‘iston farovonlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha 73-o‘ringa, Qirg‘iziston 78-o‘ringa, Tojikiston esa 101-o‘ringa munosib ko‘rilgan. O‘zbekiston va Turkmaniston reytingda yo‘q.

The Legatum Institute tashkilotining dunyo mamlakatlari farovonligi indeksi - bu mamlakatlarning farovonlik va gullab-yashnash nuqtai nazaridan yutuqlarini baholovchi umumiy ko‘rsatkich. Reyting jamiyat hayotidagi turli aspektlarni aks ettiruvchi qator ko‘rsatkichlarga asoslanib tuziladi. Indeks ijtimoiy farovonlik va global ko‘lamda uning rivojlanishini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.







arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jahon mamlakatlarining farovonlik reytingi e’lon qilindi (foto)