00:30 / 03.12.2018
3 682

Olimlar energiya sarflamay haroratni tushirish tizimini o‘ylab topishdi

Olimlar energiya sarflamay haroratni tushirish tizimini o‘ylab topishdi
AQShdagi Massachusets texnologiya instituti tadqiqotchilari arzon materiallar yordamida yoqilg‘ilardan olingan energiyasiz ishlaydigan sovitish tizimini ishlab chiqdi. Undan elektr toki tarmoqlariga ulanmagan issiq hududlarda yegulik va dori-darmonlarni saqlashda qo‘llanish mumkin bo‘ladi.

Oddiy qilib aytganda, yangi uslub soyabonning murakkab versiyasidir. Moslamani ishlab chiqqan o‘n nafar Massachusets texnologiya instituti xodimi yozgan maqola Nature Communications jurnalida chop etildi.

Yangi tizim issiqlikni o‘rta infraqizil nurlanish spektrida chiqarib yuborish imkonini beradi. Bunday spektrdagi yorug‘lik issiqxona gazlaridan o‘tib, atmosferadan tashqariga chiqib ketadi. Moslama o‘zi qizib ketmasligi uchun uning ustiga maxsus soyabon o‘rnatiladi.

Moslama yordamida Boston kabi shaharlardagi o‘rtacha haroratdan 20 darajagacha pastroq haroratga erishish mumkin. Tadqiqotchilar bugunga kunga qadar o‘tkazilgan tajribalar davomida haroratni 6°C gacha sovitishga muvaffaq bo‘lishgan. Bundan ham past harorat talab qilinadigan holatlarda yangi tizim bilan an’anaviy sovitish uslublarini birlashtirish mumkin bo‘ladi.

Tadqiqot mualliflari so‘zlariga ko‘ra, bundan avval ham issiqlikni o‘rta infraqizil spektrida nurlantirishga asoslangan sovitish tizimlari taklif qilingan, ammo ularda murakkab moslamalardan foydalanilgan. Buning sababi mazkur moslamalar quyosh nurini to‘liq qaytarib, faqat o‘rta infraqizil spektrdagi nurlarni radiatsiya qilishi kerak. Buning uchun qalinligi nanometrigacha aniq bo‘lgan ko‘p qavatli materiallar talab qilinadi.

Ammo tadqiqotchilar kun davomida quyosh nurlari burchagi o‘zgarishiga moslashgan to‘siq yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nurlarni bloklash orqali yuqorida tilga olingan natijaga erishish mumkinligini aniqladilar. Bunga qo‘shimcha ravishda plastik plyonka, alyuminiy, oq bo‘yoq hamda izolyatsiya materiallardan qurilgan moslama yordamida issiqlikni o‘rta infraqizil spektrida nurlantirish kerak bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, mazkur tizimda bir vaqtning o‘zida moslama qizib ketishi oldi olinadi hamda issiqlik radiatsiya orqali sarflanadi. Moslamani quyosh nuridan saqlash uchun soyabonga o‘xshash himoya vositasi o‘rnatiladi. Atrofdagi harorat ta’sirini ozaytirish uchun esa izolyatsiya materialidan foydalaniladi.

Yangi tizimning cheklovlaridan biri havo namligidir, chunki yuqori namlik havo orqali sodir bo‘ladigan infraqizil nurlanishga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun Boston kabi namlik yuqori bo‘lgan muhitlarda yangi tizim haroratni ko‘pi bilan 20°C ga pastlatish imkoni beradi. Quruq muhitlarda esa bu ko‘rsatkich 40°C ga yetishi mumkin.

Moslamani ishlab chiqqan tadqiqotchilarning aytishicha, ular AQShda patent olish uchun hujjat topshirishgan va tez orada ixtirolaridan amalda foydalana boshlanishini intiqib kutmoqdalar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar energiya sarflamay haroratni tushirish tizimini o‘ylab topishdi